E'lonlar

- E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” PF-5574-sonli Farmoniga muvofiq 2019 yilgi kalendarga o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan.

Ushbuga asosan, 2019-yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olish uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini ta’minlash maqsadida:

2019-yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirilsin:

1-iyun — shanba 6-iyun — payshanbaga;

Shu munosabat bilan, mahalliy byudjetdan mablag‘ oluvchi byudjet tashkilotlari may oyi 2-yarmi ish xaqi bo‘yicha va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun so‘rovnomalarni tegishli G‘aznachilik bo‘linmalariga belgilangan tartibda “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali yuborishlari mumkin.

 

- E'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 29 aprel kuni “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2019 yil 10 may kuni “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni imzolangan. Ushbu xujjatlar respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilashni nazarda tutilgan.

Shu maqsadda 2019 yil 12 iyun kuni soat 13-30 da Namangan shahridagi viloyat Yoshlar markazida Oliy majlis Qonunchilik palatasi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish agentligi tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari, tadbirkorlar hamda investorlar ishtirokida seminar yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

Mavzuga qiziqgan tegishli soha vakillarini hamda tadbirkorlik sub’ektlarini seminarga taklif qilamiz.