Материалы отфильтрованы по дате: Среда, 02 сентября 2020

“Kambag‘alchilik dasturi” asosida temir daftarga kiritilgan oilalarga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar soni oshib bormoqda. Yanvar-avgust oylarida “Agrobank”, “Xalkbank” va “Mikrokreditbank” tomonlaridan ajratilgan imtiyozli kreditlarning sarhisobi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi "Xar bir oila tadbirkor dasturini amalga oshirish to‘g‘risida"gi PQ-3777-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4231-sonli hamda 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi PQ-4498-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash bo‘yicha Namangan viloyati moliya bosh boshqarmasi hamda ularning shahar va tuman moliya bo‘limlari tomonidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga aholining bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida ajratilishi ta’minlandi.

Jumladan,

  • “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 22 868 ta yoki 460,0 mlrd.so‘m;
  •  fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 85 ta yoki 4,4 mlrd.so‘m;
  • “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi asosida 107 ta yoki 28,6 mlrd.so‘m;
  • Hunarmandchilikni rivojlantirishga 1661 ta yoki 50,5 mlrd.so‘m;
  •  Mahalliy hokimliklar xuzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2 ta yoki 220,0 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Eng quvonarlisi, 2020 yil 1 avgust holatiga "Har bir oila tadbirkor "dasturi doirasida “Kambag‘alchilik dasturiga” kiritilgan, temir daftarga ro‘yxatga olingan 2331 ta oilaga 24,8 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

  •  
  • CHorvachilik yo‘nalishida 1097 ta oilaga 13,2 mlrd.so‘m;
  • Parandachilik yo‘nalishida 88 ta oilaga 0,7 mlrd.so‘m;
  • Tikuvchilik yo‘nalishida 454 ta oilaga 4,3 mlrd.so‘m;
  • Asalarichilik yo‘nalishida 14 ta oilaga 0,2 mlrd.so‘m;
  • Baliqchilik yo‘nalishida 8 ta oilaga 0,2 mlrd.so‘m;
  • Quyonchilik yo‘nalishida 12 ta oilaga 0,2 mlrd.so‘m;
  • Issiqxona yo‘nalishida 569 ta oilaga 5,6 mlrd.so‘m;
  • Milliy shirinliklar yo‘nalishida 74 ta oilaga 0,5 mlrd.so‘m;
  • Ishlab chiqarish yo‘nalishida esa 15 ta oilaga 0,2 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, jami 2331 ta oilani ish bilan bandligi ta’minlandi.

Namangan viloyat moliya bosh boshqarmasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari va tegishli iqtisodiy idoralar bilan xamkorlikda ish tashkil etib borilmoqda.

 

Опубликовано в Bo'lim yangiliklari