Материалы отфильтрованы по дате: Понедельник, 09 марта 2020

Понедельник, 09 марта 2020 14:06

Namangan viloyatida “Xar bir oila tadbirkorlik” dasturi ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida tarihimizda birinchi marta “Kambag‘allikni qisqartirish” ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Ushbu murojaatnomadan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida joriy yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videoselektor yig‘ilishning eng asosiy masala sifatida aholini tadbirkorlikga o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikdan chiqarish vazifalari yuklatildi.

Ushbu topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat Moliya bosh boshqarmasi, viloyat savdo sanoat palatasi, va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida “Tadbirkorlik faoliyati asoslari” mavzuida targ‘ibot ishlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Joriy yilning 1 mart holatiga aholi o‘rtasida 10 ta shahar va tumanlardagi MFYlarda 357 ta xonadonlarda hamda 17 marotaba 1703 ta tadbirkorlar o‘rtasida o‘quv amaliy seminarlar tashkil etildi.

Опубликовано в Bo'lim yangiliklari