Материалы отфильтрованы по дате: Среда, 18 марта 2020

Namangan viloyati moliya bosh boshqarmasi tomonidan byudjet tashkiloti ishchilarining mart oyining I-yarmi uchun ish haqilari to‘lanishini kechi bilan 5 ish kunida to‘lanishi nazoratga olingan.

Joriy yilning mart oyida Namangan viloyati mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining so’rovnomasiga asosan mart oyi I-yarmi ish haqisi (avans) 30.2 mlrd. so’m hamda ijtimoiy nafaqalar 21.1 mlrd. so’mni tashkil etdi.

Shuningdek, Joriy yilning 16-18 mart kunlari viloyat Moliya bosh boshqarmasi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Опубликовано в Bo'lim yangiliklari

 

Amerika Qo’shma Shtatlarining “The Heritage Foundation” tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Iqtisodiy erkinlik” indeksining 2020 yil uchun hisobotida O’zbekiston 57,2 ball bilan 114-o’rinni egalladi (2019 yilda 53,3 ball bilan 140-o’rin).

Ta’kidlash joizki, mazkur indeks xorijiy investorlar tomonidan doimiy ravishda kuzatilib boriladi va respublikamizning indeksdagi o’rni yuqorilashi tadbirkorlik muhitiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, to’g’ridan-to’g’ri investitsialarning oqimini oshishiga xizmat qiladi.

“Iqtisodiy erkinlik” indeksi to’rtta asosiy yo’nalish bo’yicha 12 ta tarkibiy ko’rsatkichdan tashkil topgan bo’lib, Mulkchilik huquqi, Sud faoliyati samaradorligi, Davlatning yaxlitligi, Soliq yuki, Davlat xarajatlari, Fiskal salomatlik, Biznes erkinligi, Mehnat bozori erkinligi, Monetar erkinlik, Savdo erkinligi, Investitsiyalar erkinligi va Moliyaviy erkinlik kabi sohalarda jahon mamlakatlarini 0 dan (eng past) 100 gacha (eng yuqori) bo’lgan shkalada baholaydi.

Опубликовано в Bo'lim yangiliklari
Среда, 18 марта 2020 09:44

2020 yil 17 mart kun raqami

 

Опубликовано в Bo'lim yangiliklari