Версия для печати

Beshta muhim tashabbus – ertamiz egalari istiqboli yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni ijrosini viloyatda samarali tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus yurtimizdagi yoshlarni har jabhada munosib o‘rin egallashi va kamol topishi uchun muhim dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu o‘rinda Namangan viloyatida yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga tadbiq etish, milliy musiqa madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, viloyatdagi umum ta’lim maktablarga musiqa fani uchun zarur bo‘lgan 4 turdagi jami 2 804 dona (701 donadan doira, dutor, rubob, skripka) musiqa asboblari uchun viloyat mahalliy byudjet hisobidan viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan viloyat halq ta’limi boshqarmasiga 1 374,0 million so‘m mablag‘ ajratilib soha rivojiga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

 

 

 

 

Последнее изменение Вторник, 29 октября 2019 11:50